Iftorlik qilib berish

Assalomu alaykum! Hozirda ko‘p odamlar o‘zlari namoz o‘qimay,ro‘za tutmay ro‘zadorlarga iftorlik qilib berishi va iftorlik uchun oziq ovqat olib berishi barchaga ma’lum.Gap shundaki ular shu ishi bilan savob oladimi va biz ham o‘sha iftorlikka borsak, hamda ular bergan oziq-ovqatlarni olsak bo‘ladimi?Javoblar uchun tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘za tutish har bir musulmon erkak va ayolning zimmasiga farzi ayndir. Iftorlik qilib berish ham ulkan savob, lekin biri boshqasining o‘rniga o‘tmaydi. Da’vatga ijobat qilish alohida masala. Agar iftorlikka borish, ular qilib bergan oziq-ovqatni olishda beruvchilar tarafidan minnat, faxr va shu kabi mo‘minning xorlanishi sabab bo‘ladigan holatlar bo‘lsa, bormaslik va ularning qo‘lidan olmaslik kerak. Agar beruvchi faqat Alloh taoloning roziligini o‘ylab, oluvchi va boruvchining sha’nini, rioyasini ham qilsa, da’vatga ijobat qilish vojib. Aslida bu holatda fazl oluvchiniki bo‘ladi. chunki u siz beruvchiga oxiratda savob ham, maqom ham yo‘q. Oluvchi o‘sha maqomga eltuvchi bir vasila hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:17 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar