Ayollarning turmak bilan ro‘mol o‘rashi

Assalomu alaykum! Yakinda kelgan javobingizda Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ahli do‘zaxdan ikki toifasini ko‘rmadim: Bir qavmiki, qo‘llarida sigirning dumiga o‘xshash qamchilari boru ular ila odamlarni ururlar. Bir ayollariki, ular kiyimli yalang‘ochlar, yo‘ldan ozdiruvchilar, yo‘ldan ozuvchilar. Boshlari xuddi tuyaning qiyshaygan o‘rkachiga o‘xshaydi. Ular jannatga kirmaslar va uning hidini ham topmaslar. Albatta, uning hidi buncha va buncha masofadan kelib turur», dedilar» degan rivoyatni o‘qidim. "Boshlari xuddi tuyaning qiyshaygan o‘rkachiga o‘xshaydi" iborasi xozirda jag‘idan ro‘mol o‘rab yurgan ayollarning ro‘mollari ichidan sochlarini yuqoriga yig‘ishtirib, turmak qilishi haqida emasmi? Opamdan eshitishim bo‘yicha bu turmak shu rivoyat asosida bashorat qilingan bo‘lib ayni shu turmak xaqida ekan. Shuning uchun xam Arabiston ayollari xijob va ro‘mollarini faqat o‘zini o‘rashar ekan. Men xam shu yo‘sinda ro‘mol o‘rayman. Bu gaplarni eshitganimdan keyin ikkilanib qoldim. Bu gap qanchalar to‘g‘ri? Shu xakida ma’lumot bersangiz iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hadis sahih. Soch boshdan yuqoriga ko‘tarilsa shu hadis ostiga kiradi. Sochni bo‘yinga yoki orqaga yig‘ishtirib olishning zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 12:29 | Savol-javoblar | 155 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar