Tahorat olish paytidagi holat

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin, qilayotgan xayrli ishlaringizni barokotli qilsin. Savol :
1. Agar namoz o‘qish uchun tahorat olinayotib, burunni achishtirib suv tortganda burun qonab ketsa, qon oqishi to‘xtaguncha kutib, qon to‘xtagach kelgan joyidan davom ettiraveriladimi, yoki boshqattan tahorat olinadimi?
2. Agar bomdod namozi o‘qish uchun hozir bo‘lingan paytda, quyosh chiqishiga juda oz vaqt qolgan bo‘lsa, qanday yo‘l tutgan afzal?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1. Sunnatlari ham ado bo‘lishi uchun boshidan qayta tahorat olish kerak. Mabodo tahoratning farzlaridan birortasini bajarganidan keyin tahorat buzilsa, qaytadan boshlashi farz bo‘ladi.
2. Qonni to‘xtatib, so‘ng namozga tahorat qilinadi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:33 | Savol-javoblar | 188 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar