Aqli zaif bolaga zakot

Assalomu alaykum! Zakotni aqli zaif bolalar uyidagi bolalar uchun bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar faqir bo‘lsalar ularni o‘z qaramog‘iga olgan shaxsga topshirsa joiz. U shaxs zakotni o‘sha bolalar nomidan qabul qilib oladi va ularning ehtiyojiga sarflaydi. Bunda uning omonatdorligiga e’tibor qaratish lozimdir. Boyning bolasiga zakot berish joiz emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:08 | Savol-javoblar | 148 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar