Jamaot namozlari
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, farz namozlarida jamoatda saf oralarga yosh bolalar kirib turishi durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bolalar oz bo‘lsa saf orasiga kirib turishligi joiz. Bu bilan namoz buzilmaydi, karohiyati ham yo‘q. Ibn Abbos roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uylarida qolib u zotga iqtido qilib turganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ng yonboshlariga turgazib qo‘yganlar. O‘sha vaqtda ibn Abbos roziyallohu anhu balog‘atga etmagan edi. Agar bolalar ko‘proq bo‘lishsa ularni hammadan oxiriga alohida saf qilib qo‘yiladi. Shunday qilish sunnat. "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi: Avval erkaklar, keyin bolalar, so‘ngra xunasalar va ulardan keyin ayollar saf tortadilar. Buning dalili quyidagi hadislardir: عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ لِيَلِنِي مِنْكُمْ أُولُو الْأَحْلَامِ وَالنُّهَى، ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ ثَلَاثًا وَإِيَّاكُمْ وَهَيْشَاتِ الْأَسْوَاقِ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Menga sizlardan etuklik va aql egalari yaqin tursin. So‘ngra ularga yaqin keladiganlar, – deb uch marta aytdilar. – Bozorlarning shovqinidan ehtiyot bo‘ling», dedilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Demak, jamoat namozida imomga eng yaqin turadigan kishilar har jihatdan etuk va aql egasi bo‘lishlari kerak. Boshqacha qilib aytganda, imom namozni ado etishda yoki qiroatda adashib qolsa, uni tuzatib qo‘yadigan yoki biror sababga ko‘ra namozni tark etadigan bo‘lsa, o‘rniga o‘tib, kelgan joyidan namozga imomlik qilib keta oladigan shaxslar bo‘lishlari kerak. Har kim imomning orqasiga yoki unga yaqin joyga o‘zini urib, safga turib olaverishi ham durust emas. عَنْ أَبِي مَالِكٍ الْأَشْعَرِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَصُفَّ الرِّجَالَ أَوَّلًا ثُمَّ الْغِلْمَانَ خَلْفَهُم رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ وَلَفْظُهُ وَيَجْعَلُ الرِّجَالَ قُدَّامَ الْغِلْمَانِ، وَالْغِلْمَانَ خَلْفَهُمْ، وَالنِّسَاءَ خَلْفَ الْغِلْمَانِ Abu Molik al-Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam safga avval erkak kishilarni, so‘ngra o‘g‘il bolalarni tizar edilar». Abu Dovud rivoyat qilgan. Ahmadning lafzida: «Erkaklarni o‘g‘il bolalardan oldin, o‘g‘il bolalarni ularning ortiga va ayollarni o‘g‘il bolalar ortiga qo‘yar edilar», deyilgan. Takbiri tahrima va adoda ikkovlari sherik bo‘lgan mutlaq namozda ayol kishi (safda) erkakka tenglashib qolsa va u (erkak) ayolga imomlikni niyat qilgan bo‘lsa, erkakning namozi fosid bo‘ladi (buziladi). Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 151 | Ibodatlar