Qur’onni yod olgan inson
Assalomu alaykum! Men madrasada o‘qiydigan tanishimdan "Qur’oni karimni yod olgan odamga oxiratda Alloh taolo 30 kishini shafoat qilish huquqini beradi" degan gapni eshitdim. Shu gap rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! وَعَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ قَرَأَ الْقُرْآنَ وَاسْتَظْهَرَهُ فَأَحَلَّ حَلاَلَهُ وَحَرَّمَ حَرَامَهُ أَدْخَلَهُ اللهُ بِهِ الْجَنَّةَ وَشَفَّعَهُ فِي عَشْرَةٍ مِنْ أَهْلِ بَيْتِهِ كُلُّهُمْ قَدْ وَجَبَتْ لَهُ النَّارُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْبَيْهَقِيُّ فِي شُعَبِ الإِيْمَانِ وَالطَّبَرَانِيُّ فِي الْكَبِيرِ وَسَنَدُهُ ضَعِيفٌ جِدًّا.
Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Kim Qur’onni o‘qisa va yodlasa, (Qur’on) halol deganni halol, harom deganini harom deb tan olsa, Alloh o‘sha bandani jannatga kiritadi va unga oila a’zolaridan do‘zax(ga tushishi) vojib bo‘lgan o‘n nafarini shafoat qilish imkonini beradi” (Termiziy, Ahmad, Bayhaqiy “Shuabul-iymon”da va Tabaroniy “Kabiyr”da rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi juda zaif[1]).
Kim Allohning Kitobini to‘lig‘icha yod olib. Qur’ondagi halol narsani halol, haromni harom deb e’tiqod qilsa, Alloh u bandani jannatga kirgizadi va unga oila a’zolaridan do‘zaxga tushganlar ichida o‘n kishini shafoat qilish imkonini beradi.
Jannatga kirishning o‘zi oson ish emas. buning uchun ko‘p amal qilish, mashaqqat chekish. Alloh yo‘lida ter to‘kish, turli musibat va qiynchiliklarni mardonavor engib o‘tish, sabr qilish kerak bo‘ladi. Jannatga kirib, yana o‘zgalarni shafoat qilish esa bu ulug‘ maqom. Bu martaba Qur’onni to‘liq yod olib, unga amal qilgan qorilarga beriladi.
Jobir roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Qur’on o‘quvchi, agar halolni halol, haromni harom, desa, u xonadon ahlidan do‘zaxga tushishi vojib bo‘lgan o‘n kishini shafoat qiladi” (Tabaroniy “Avsat”da rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi zaif[2]).(“ quran.uz” saytidan). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:42 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar