Gunohdan saqlanish
Assalomu alaykum! Qo‘shni yoki qirindosh urug‘lar to‘y qilishsa, shu to‘ylarida aroq, xotinlar aralashuvi kabi ma’siyat va gunoh amallar bo‘ladigan to‘ylarga borib, esidan chiqib “To‘ylar muborak bo‘lsin” deb yuborgan odam, esiga kelib tavba qilsa va yana ba’zi bir shunga o‘xshash hollarda shu takrorlansa buning hukmi nima bo‘ladi? Savoldagi kamchilik va xatolarga uzr so‘raymiz!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Baqara” surasi 286-oyatida marhamat qiladi :
«...Robbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, (iqobga) tutmagin».
Mo‘min banda bor imkonini ishga solib, Allohning farmoniga muvofiq ish yuritishga harakat qiladi. Bu borada ko‘pgina to‘siqlarni engib, qiyinchiliklarga bardosh beradi. Lekin u farishta ham emas, ba’zi vaqtlarda bilmasdan xato qilib qo‘yadi yoki ba’zi narsalarni unutib, esdan chiqaradi. Alloh taolo fazli karami bilan bizning oxiratimiz obod bo‘lishi uchun nimalarni so‘rashimizni ham Qur’oni Karimda ta’limini berdi. Alloh taoloning O‘zidan mazkur narsalar uchun azobga tutmaslikni so‘rashni bildirdi va Alloh taolo mo‘min bandalarining ushbu duosini qabul ham etdi.
Imom Tobaroniy rivoyat qilgan hadisda : Nabiy alayhissalom:
«Ummatimdan uch narsa – xato, esdan chiqqan ishlar va majbur qilinganlik ko‘tarildi», – deganlar.("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:45 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar