Ashuro kunida

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar! Ashuro kunida qabristonga ziyoratga borish joizmi? Umuman shunga o‘xshash fazilatli kunlarda qabristonga ziyoratga borish to‘g‘risida habibimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahih hadislari kelganmi? Savolim noo‘rin bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman! Javoblaringiz uchun oldindan rahmat!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Fatavoi olamgiriya”da bu haqda shunday deyilgan:
وَأَفْضَلُ أَيَّامِ الزِّيَارَةِ أَرْبَعَةٌ يَوْمُ الِاثْنَيْنِ وَالْخَمِيسِ وَالْجُمُعَةِ وَالسَّبْتِ وَالزِّيَارَةُ يَوْمَ الْجُمُعَةِ بَعْدَ الصَّلَاةِ حَسَنٌ وَيَوْمَ السَّبْتِ إلَى طُلُوعِ الشَّمْسِ وَيَوْمَ الْخَمِيسِ فِي أَوَّلِ النَّهَارِ وَقِيلَ فِي آخِرِ النَّهَارِ وَكَذَا فِي اللَّيَالِيِ الْمُتَبَرَّكَةِ لَا سِيَّمَا لَيْلَةَ بَرَاءَةَ وَكَذَلِكَ فِي الْأَزْمِنَةِ الْمُتَبَرَّكَةِ كَعَشْرِ ذِي الْحِجَّةِ وَالْعِيدَيْنِ وَعَاشُورَاءَ وَسَائِرِ الْمَوَاسِمِ كَذَا فِي الْغَرَائِبِ.
“(Qabristonlarni) Ziyorat qilish afzal kunlar to‘rt kundir. Ular dushanba, payshanba, jum’a, shanba kunlari. Jum’a kuni namozdan keyin, shanba kuni quyosh chiqqunicha, payshanba kuni nahorning avvalida va bir qavlga ko‘ra nahorning oxirida (qabristonlarni) ziyorat qilish yaxshidir. Shuningdek, muborak kechalarda, xususan baroat kechasida va zul hijjaning avvalgi o‘n kuni, ikki iyd, ashuro kabi muborak vaqtlarda (qabristonlarni)ziyorat qilish yaxshi amallardandir. Boshqa mavsumlar ham shu kabidir. “G‘aroib”da shunday deyilgan”[38].(“fiqh.uz” saytidan). Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:45 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar