Orzu tushunchasi
Assalomu alaykum! Orzu qilish tushunchasini qay yo‘sinda qabul qilish kerak? Orzu qilish shariatimizda rostdan qoralanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! DINIY IShLARNI ORTGA SURISh BEFAHMLIKDIR إِحَالَتُكَ الْأَعْمَالَ عَلَى وُجُودِ الْفَرَاغِ مِنْ رُعُونَاتِ النَّفْسِ. Amallarni forig‘ bo‘lgandan keyinga surishing nafsning befahmligidandir. Albatta, ushbu hikmatdagi amallardan murod diniy amallardir. Bu erda dunyoviy amallarga sho‘ng‘ib ketib, diniy majburiyat bo‘lgan ishlarni «Bo‘shaganimda qilaman», deyish befahmlik ekani borasida so‘z bormoqda. Befahmlik ahmoqlikning bir turi bo‘lib, unda inson o‘zini aqlli hisoblaydi, aslida esa ahmoq bo‘ladi. Diniy amallarni dunyoning tashvishidan forig‘ bo‘lishdan keyinga surish shayx Ahmad Zarruq rahmatullohi alayhning nazdida uch jihatdan ahmoqlik hisoblanadi: 1. Shariat bo‘yicha o‘ziga vojib bo‘lgan amalni odatda amri mahol bo‘lgan narsaga – bu dunyoda forig‘ bo‘lishga qoldirishidir. Ya’ni inson: «Forig‘ bo‘lganimda qilaman», deydi. Voqelik esa unga: «Faqatgina amal bilangina forig‘ bo‘lishing mumkin», deydi. 2. U ishonib bo‘lmaydigan narsaga ishonmoqda. Nafsi tipirchilab tursa, va’dasiga vafo qilmasligini unutmoqda. 3. U aqllilar nazdida oldinga suriladigan jazm va azmu qarorni zamonning o‘zgarishidan qo‘rqib, ortga surmoqda. Bu esa peshonasiga bitilgan narsaga bor kuchi va imkoniyatini sarflab, undan talab qilingan narsani tashlab qo‘yishdan iboratdir. عَنْ شَدَّادِ بْنِ أَوْسٍ ، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «الْكَيِّسُ مَنْ دَانَ نَفْسَهُ وَعَمِلَ لِمَا بَعْدَ الْمَوْتِ، وَالْعَاجِزُ مَنْ أَتْبَعَ نَفْسَهُ هَوَاهَا وَتَمَنَّى عَلَى اللهِ الْأَمَانِيَّ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ. Shaddod ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ziyrak – o‘z nafsini tergagan va o‘limdan keyinni ko‘zlab amal qilgan odamdir. Ojiz nafsini havosiga ergashtirgan va Allohdan turli narsalar orzu qilgan odamdir», dedilar». UMID VA XOMXAYoL الرَّجَاءُ مَا قَارَنَهُ عَمَلٌ، وَإِلَّا فَهُوَ أُمْنِيَّةٌ. Umid amal bilan birlashgan narsadir. Agar o‘shanday bo‘lmasa, xomxayoldir. – Rajo – umid – qalbning kelajakda hosil bo‘lishi tama qilinayotgan narsaga uni hosil qiluvchi amalni qilaroq bog‘lanishi. Yana ham aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, tama qilingan narsani hosil qilish uchun unga sabab bo‘ladigan amalni qilish ila urinish rajodir. – Umniyya – xomxayol – haqiqati yo‘q xohish. O‘tgan hikmatda oriflik maqomi zikr qilinganidan keyin, kishilarda o‘sha maqomga etish orzusi uyg‘onishi e’tiboridan Ibn Atoulloh Sakandariy rahmatullohi alayhi ushbu hikmatda orzu nimayu, xomxayol nimaligini bayon qilib bermoqda. «Umid amal bilan birlashgan narsadir. Agar o‘shanday bo‘lmasa, xomxayoldir». Kelajakda ko‘zlagan maqsadiga erishish borasida insonda paydo bo‘ladigan holat ikki xil bo‘lar ekan. Birinchisi tama qilinayotgan narsaga erishish borasidagi dildagi ma’naviy intilish bo‘lib, unda inson ko‘zlagan narsasiga erishish uchun ma’naviy intilish bilan birga jismoniy harakatni ham amalga oshirar ekan va bu holat rajo – umid deb atalar ekan. Ikkinchisi – tama qilinayotgan narsaga erishish uchun ma’naviy intilish, ishtaha qilish bilan kifoyalanib, amaliy harakat qilinmas ekan va bu holat umniyya – xomxayol deb atalar ekan. Islomda bandalar umid qilishga targ‘ib qilinadi va umidsizlikdan qaytariladi. Bekorga noumid shayton, deyilmagan. Shu bilan birga, faqat istak bilan kifoyalanib, amal qilmaslik, xomxayolga berilish qattiq qoralangan. Shayx Ahmad Zarruq rahmatullohi alayhi aytadi: «Qasrlar va hurlar kabi hissiy ne’matlardan umidvor bo‘lgan kimsa jiddiy harakat qilmog‘i, toatga o‘zini urmog‘i va yaxshi nafl amallarga shoshilmog‘i lozimdir. Aks holda umidvorligi ahmoqlik va o‘zini o‘zi aldashdan iborat bo‘ladi». Hasan Basriy rahmatullohi alayhi aytadi: «Ey odamlar! Xomxayolga berilishdan saqlaninglar! Zotan, u ahmoqlar tushadigan vodiydir. Allohga qasamki, Alloh taolo bandaga xomxayoli uchun bu dunyoda ham, oxiratda ham hech narsa bermaydi». Shayx Ma’ruf Karxiy rahmatullohi alayhi aytadi: «Amalsiz jannatni talab qilish gunohlardan biridir. Sababsiz shafoatdan umidvor bo‘lish g‘ururga ketishning bir turidir. Toat qilmay turib, rahmatdan umidvor bo‘lish jaholat va ahmoqlikdir». Hasan Basriy rahmatullohi alayhi aytadi: «Ba’zi qavmlarni mag‘firat haqidagi xomxayollar band qilib qo‘yib, Alloh taologa yaxshiliksiz ro‘baro‘ bo‘ldilar. Ulardan biri: «Robbim haqida yaxshi gumon qilurman», deydi. Yolg‘on aytadi. Agar Robbi haqida yaxshi gumon qilganida, Uning uchun yaxshi amal qilar edi». So‘ng ushbu oyatni tilovat qildi: «Robbingiz haqida qilgan gumoningiz sizni halokatga uchratdi. Bas, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘ldingiz» (Fussilat surasi, 23-oyat). Imom Hasan Basriy rahmatullohi alayhining ushbu so‘zlari juda ham o‘rinlidir. Ba’zi dangasa odamlar Alloh taolo haqida yaxshi gumonda bo‘lish tushunchasini o‘zlarining dangasaligini xaspo‘shlash uchun noto‘g‘ri talqin qiladilar va o‘zlariga turli baxtiqaroliklarni kasb qilib oladilar. Oqibatda Fussilat surasidagi yuqorida keltirilgan oyati karimada aytilganidek, Robblari haqidagi noto‘g‘ri gumonlari ularni halokatga uchratadi. Aslida esa gap tamoman boshqacha. Allohdan yaxshi gumonda bo‘lish «U Zot meni afv etadi, mag‘firat qiladi va O‘zining keng rahmati ila rahm qiladi», degan umid bilan Alloh taologa ibodat qilaverishdir. Bu avval kelgan ehtiyot bo‘lishga zid emas. Ehtiyotkorlikni yaxshi gumonga qo‘shib olib borish kerak. Alloh taologa itoat qilib, yaxshi umidda bo‘lish va qaytarganidan qaytib, hushyor bo‘lish lozim. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «قَالَ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ: أَنَا عِنْدَ ظَنِّ عَبْدِي بِي». رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِيُّ. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh azza va jalla: «Bandam Men haqimda nima gumon qilsa, o‘shandoqman», dedi», dedilar». Ikki shayx va Termiziy rivoyat qilganlar. Banda Alloh taolo haqida qanday gumon qilsa, Alloh taolo unga o‘sha gumonga mos muomala qiladi. Shuning uchun mo‘min banda doimo Alloh taolo haqida yaxshi gumonda bo‘lmog‘i kerak. وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «حُسْنُ الظَّنِّ مِنْ حُسْنِ الْعِبَادَةِ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ. Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshi gumon yaxshi ibodatdandir», dedilar». Abu Dovud rivoyat qilgan. Alloh taolo haqida yaxshi gumonda bo‘lish U Zotning haqqini ado etishdir. Shuning uchun ham bu ish yaxshi ibodatdan hisoblanadi. Alloh taolo haqida yomon gumon qilish kufrdir. Alloh taolo haqida yaxshi gumonda bo‘lishni to‘g‘ri tushunadiganlar ham, noto‘g‘ri tushunadiganlar ham bor. Alloh taolo haqida yaxshi gumonda bo‘lishni to‘g‘ri tushunadiganlar yuqoridagi hadisni eshitsalar, o‘qisalar va o‘rgansalar, vujudlari Alloh taoloning afvi va mag‘firatidan umidvorlik ila to‘lib-toshadi. Alloh taoloning amrlarini ado etish va qaytarganlaridan qaytish bo‘yicha rag‘batlari yana ham ortadi. Yangi kuch va yangi g‘ayrat bilan o‘zlarini toat-ibodatlarga uradilar. Alloh taolo haqida yaxshi gumonda bo‘lishni noto‘g‘ri tushunadigan osiylar esa ushbu ma’nodagi hadislarni eshitsalar, o‘qisalar va o‘rgansalar, osiylikni ziyoda qiladilar, Alloh taoloning amrlarini bajarmaslik va qaytarganlaridan qaytmaslikni o‘zlariga ravo ko‘radilar. Ularning egri tushunchalari bo‘yicha, go‘yoki Alloh taologa yaxshi gumonda bo‘lishning o‘zi ularning gunohlarining mag‘firat qilinishiga va nobakorliklarining afv qilinishiga etib ortar emish. O‘zlariga ushbu noto‘g‘ri tushunchani ravo ko‘rganlarni Qur’oni Karim xomxayolga ketganlar deb ataydi. Alloh taolo Niso surasida marhamat qiladi: «Sizlarning xomxayolingizcha ham emas, ahli kitoblarning xomxayolicha ham emas. Kim yomonlik qilsa, uning jazosini tortadir. Va o‘ziga Allohdan boshqa do‘st ham, yordamchi ham topa olmas» (123-oyat). Ahli kitoblarning, ya’ni yahudiy va nasorolarning xomxayollari hammaga ma’lum. Ular: «Biz Allohning bolalarimiz va mahbublarimiz», der edilar. Ya’ni «Biz do‘zaxga tushgan taqdirda ham, sanoqli kunlardagina tushamiz», degan e’tiqodda edilar. Yahudiylar «Biz Allohning tanlab olgan bandalarimiz», deb ham g‘ururlanadilar. Oyati karimada ilk jumlaning «Sizlarning xomxayolingizcha ham emas, ahli kitoblarning xomxayolicha ham emas», deb kelishidan shuni anglash mumkinki, ba’zi musulmonlar ham turli xomxayolga borishlari mumkin. Jumladan, ularning Alloh taolo haqida yaxshi gumonda bo‘lishlarining o‘zi gunohlarining mag‘firat qilinishi va nobakorliklarining afv etilishi haqida xomxayolga borishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Alloh taolo bunday xomxayollar kimning xomxayoli bo‘lishidan qat’i nazar, bekorchi ekanini bayon qilmoqda. Kim yomonlik qilsa, qaysi dinga, qaysi xalqqa, qaysi oilaga, qaysi nasabga qarashli bo‘lishidan qat’i nazar, umumiy qoida asosida o‘z jazosini oladi. Ya’ni «Kim yomonlik qilsa, uning jazosini tortadir. Va o‘ziga Allohdan boshqa do‘st ham, yordamchi ham topa olmas». Bu masala bo‘yicha asosiy dalil hisoblanadigan hadis quyidagi hadisdir. عَنْ شَدَّادِ بْنِ أَوْسٍ ، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «الْكَيِّسُ مَنْ دَانَ نَفْسَهُ وَعَمِلَ لِمَا بَعْدَ الْمَوْتِ، وَالْعَاجِزُ مَنْ أَتْبَعَ نَفْسَهُ هَوَاهَا، وَتَمَنَّى عَلَى اللهِ الْأَمَانِيَّ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ. Shaddod ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sezgir o‘z nafsini tergagan va o‘limdan keyinni ko‘zlab amal qilgan odamdir. Ojiz nafsini havosiga ergashtirgan va Allohdan xomxayol ila turli narsalar orzu qilgan odamdir», dedilar». Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilishgan. Boshqacha qilib aytganda, oqil odam o‘limdan keyinni ko‘zlab, o‘zini o‘zi tergab, havoyi nafsini jilovlab, Alloh taolo ko‘rsatgan chegarada yurib, oxirat uchun amal qiladi. Ahmoq esa o‘limdan keyinni ko‘zlamay, havoyi nafsiga berilib, Alloh taoloning aytganini qilmaydi va U Zotga tavba ham qilmaydi. Alloh taolo esa: «Toatimga baxillik qilganga qanday qilib rahmatimni hadya qilaman?!» deydi. Shu o‘rinda «Agar shunday bo‘lsa, Alloh taoloning shirkdan boshqa barcha xatolarni mag‘firat qilishi haqidagi oyat va hadislarini qanday tushunish kerak?» degan savol paydo bo‘lishi turgan gap. Alloh taolo Zumar surasida marhamat qiladi: «(Mening nomimdan) ayt: «Ey o‘z jonlariga javr qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bo‘lmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni mag‘firat etar. Albatta, Uning O‘zi o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir» (53-oyat). عَنْ أَبِي ذَرٍّ ، عَنِ النَّبِيِّ فِيمَا رَوَى عَنِ اللهِ تَبَارَكَ وَتَعَالَى أَنَّهُ قَالَ: «يَا عِبَادِي، إِنَّكُمْ تُخْطِئُونَ بِاللَّيْلِ وَالنَّهَارِ وَأَنَا أَغْفِرُ الذُّنُوبَ جَمِيعًا، فَاسْتَغْفِرُونِي أَغْفِرْ لَكُمْ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Alloh taboraka va taolodan rivoyat qilib, aytdilar: «Ey bandalarim! Albatta, sizlar kechayu kunduz xato qilursizlar. Men esa barcha gunohlarni mag‘firat qilurman. Bas, Mendan mag‘firat so‘rang, sizlarni mag‘firat qilurman». Muslim va Termiziy rivoyat qilishgan. Avvalgi matnlarda quruq gap bilan ish bitmasligi, xomxayol bilan gunohlar mag‘firat bo‘lmasligi aytilmoqda, keyingi oyat va hadisi qudsiyga o‘xshash matnlarda esa Alloh taoloning barcha gunohlarni mag‘firat qilishi ta’kidlanmoqda. Bu holatni qanday tushunamiz? Bu erda juda ham nozik farq bor. Gunohkor bo‘lmagan banda yo‘q. Ma’sum – gunoh qilishdan saqlangan banda faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari, xolos. Lekin gunohkor bilan gunohkorning orasida farq bor. Birinchi turdagi gunohkorlar gunohni insoniy ojizlik yuzasidan sodir etadilar va gunoh sodir bo‘lishi bilan o‘zlarini tavbaga uradilar. Gunoh sodir bo‘lgani uchun qattiq afsus va nadomat chekadilar. Sodir etilgan gunohning qanchalar katta nobakorlik ekanini his qiladilar va bu ishga qayta qo‘l urmaslikka azmu qaror qiladilar. Ikkinchi turdagi gunohkorlar esa gunohni bilib turib, pisand qilmay, oshkora sodir etadilar. Gunohlari bilan gerdayib yuradilar. Odamlarga maqtanadilar. Ana o‘shalarning gunohlari kechirilmaydi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ يَقُولُ: «كُلُّ أُمَّتِي مُعَافًى إِلَّا الْمُجَاهِرِينَ، وَإِنَّ مِنَ الْمُجَاهَرَةِ أَنْ يَعْمَلَ الرَّجُلُ بِاللَّيْلِ عَمَلًا ثُمَّ يُصْبِحُ وَقَدْ سَتَرَهُ اللهُ، فَيَقُولَ: يَا فُلَانُ، عَمِلْتُ الْبَارِحَةَ كَذَا وَكَذَا. وَقَدْ بَاتَ يَسْتُرُهُ رَبُّهُ وَيُصْبِحُ يَكْشِفُ سِتْرَ اللهِ عَنْهُ». رَوَاهُ الشَّيْخَانِ. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Mujohirlardan boshqa ummatimning hammasi afv qilingandir. Albatta, bir kishining kechasi bir ishni qilib, tong otganda Alloh uni satr qilgan bo‘lsa ham «Ey Falonchi, kechasi unday qildim, bunday qildim», demog‘i ham mujoharadandir. Batahqiq, u Alloh uni satr qilgan holida yotgan edi. Tong otganda esa o‘zidan Allohning satrini ochadi», deganlarini eshitdim». Ikki shayx rivoyat qilganlar. «Mujohir» jahr so‘zidan olingan bo‘lib, lug‘atda «oshkora qiluvchi» degan ma’noni bildiradi. Shar’iy istilohda esa gunohni oshkora va uyalmasdan qiluvchi odamga aytiladi. Ushbu hadisi sharifdagi ta’rifga qaraganda, o‘zi qilgan gunohni odamlarga maqtanib yuradi. Demak, gunohni oshkora qilgan, o‘zidan sodir bo‘lgan gunohlarini gapirib yuradigan mujohirlarning gunohi afv qilinmas ekan. Ammo odamlar ichida o‘zining aytganidan qolmaydigan va nobakorligiga har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham bahona topadiganlari bor. O‘shalardan ba’zilari o‘zlarining bilib turib gunohda bardavom bo‘lishlariga quyidagi hadisi sharifni dastak qilib oladilar. عَنْ عُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ ، قَالَ: قَدِمَ عَلَى النَّبِيِّ سَبْيٌ، فَإِذَا امْرَأَةٌ مِنَ السَّبْيِ قَدْ تَحْلُبُ ثَدْيَهَا، تَسْقِي إِذَا وَجَدَتْ صَبِيًّا فِي السَّبْيِ أَخَذَتْهُ، فَأَلْصَقَتْهُ بِبَطْنِهَا وَأَرْضَعَتْهُ، فَقَالَ لَنَا النَّبِيُّ : «أَتَرَوْنَ هذِهِ طَارِحَةً وَلَدَهَا فِي النَّارِ؟» قُلْنَا: لَا، وَهِيَ تَقْدِرُ عَلَى أَنْ لَا تَطْرَحَهُ. فَقَالَ: «لَلَّهُ أَرْحَمُ بِعِبَادِهِ، مِنْ هذِهِ بِوَلَدِهَا». رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ. Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamga asirlar keldi. Asirlar ichida bir ayolning siynasi sutga to‘lgan edi. Qachon asirlar ichida bir go‘dakni ko‘rsa, bag‘riga bosib, emiza boshlar edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizga: «Ushbu ayol bolasini o‘tga tashlaydi, deb o‘ylaysizmi?» dedilar. «Yo‘q. U uni aslo tashlay olmaydi », dedik. «Bu ayol bolasiga rahmli bo‘lganidan ko‘ra Alloh bandalariga rahmliroqdir», dedilar». Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan. Ulamolarimiz mazkur nobakorlarga javobni ushbu hadisi sharifning o‘zidan berishadi. Onaning bolaga mehri bu darajada kuchli bo‘lishi hali go‘dak unga hech qanday osiylik qilmagani sabablidir. Emizikli bola onasiga gap qaytarmaydi, itoatidan bosh tortmaydi va hokazo. Bilib turib, Robbiga gunoh qilishda bardavom bo‘layotgan nobakorlarni mazkur go‘dakka mutlaqo o‘xshatib bo‘lmaydi. Agar mazkur nobakor ham mazkur go‘dakka o‘xshab Robbiga zarracha gunoh qilmagan bo‘lganida, gap boshqacha bo‘lar edi. Ammo ming afsuslar bo‘lsinki, odamlar ichida har qanday holatda ham Alloh taologa osiy bo‘lishni o‘ziga ravo ko‘radiganlari mavjud. Ana o‘shalar mutakabbirlik ila o‘zlariga o‘zlari zulm qilganlardir. Ularning holini Alloh taoloning O‘zi Qur’oni Karimda bayon qilib qo‘ygan. Alloh taolo A’rof surasida marhamat qiladi: «Albatta, oyatlarimizni yolg‘onga chiqarganlar va ulardan kibr qilganlarga osmon eshiklari ochilmas va ular tuya igna teshigidan o‘tmaguncha, jannatga kirmaslar. Jinoyatchilarni mana shunday jazolaymiz» (40-oyat). Bu dunyoda huzur-halovatda yashab yurgan chog‘ida Alloh taoloning oyatlarini yolg‘onga chiqarib, ularga ishonmaganlar, bu ham etmagandek, Xalloqi Olam oyatlaridan kibrlanib, ularga amal qilmay, bilib turib turli bahonalar ila gunohlardan qaytmay o‘tganlarning holi haqiqiy dunyoda – oxiratda juda ayanchli bo‘lib qoladi. Avvalo, ularga «…osmon eshiklari ochilmas…» Bundan maqsad nima? Birinchidan, qilgan amallarining savobi osmonga qadar chiqa olmaydi. Zero, kofir va osiy bo‘lgach, amali qabul bo‘lmaydi. Bandalarning savoblari kiradigan eshik ularning amali uchun yopiq bo‘ladi. Shuningdek, o‘sha bandalar o‘lganda, ruhlarini osmonga eltuvchi eshiklar ochilmay, yo‘llari to‘siladi. Kofir va osiylar, Qur’ondan yuz burgan va unga amal qilmagan gumrohlar jannatga qanday qilib kiradilar? «…ular tuya igna teshigidan o‘tmaguncha, jannatga kirmaslar». Ularning ruhlari osmonga olib chiqilganda, eshik ochilmay, ahvollari rasvo bo‘lgan edi. Endi jannatga kirishlari uchun g‘oyat og‘ir shart qo‘yilmoqda. Bir tarafda ulkan jussali, tog‘dek tuya daryodek pishqirib turibdi. Ikkinchi tarafda ko‘z ilg‘ab-ilg‘amaydigan bir igna. Nigohi o‘tkir odam unga yaqinroqdan tikilmasa, uning teshigini ko‘rmaydi ham. Bu bahaybat tuya ushbu kichkina teshikdan o‘tsa, bosh ustiga, «anavilar» ham jannatga kiraversinlar. Bu ilohiy ta’bir oddiygina qilib, «Abadul abad jannatga kirmaydi», deyishdan ko‘ra yuz chandon ta’sirchandir. Bu ham ularning azobiga azob, jazosiga jazo qo‘shish uchundir. Shu boisdan ham Alloh taolo oyatning oxirida: «Jinoyatchilarni mana shunday jazolaymiz», demoqda. Alloh taolo barchalarimizga amal bilan birikkan umid sohibi bo‘lishimizni, xomxayolga berilib, amalsiz qolmasligimizni nasib etsin!("Xislatli hikmatlar sharhi" kitobidan). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:48 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar