Kasbimdagi daromadim
Assalomu alaykum! Man farmatsevtika firmasida agentman. Mani vazifam bitta tumanga borib zakaz olsh uchun dorixonalada aylanish. Yoz oylarida biza bitta dorini firmamiz 43000 sotardik. Boshqa firmadigilar 35500. Endi bizani raqabotdosh firmada bu doridan qomagan xech qaysi firmada bizada 5000ta bor shuni 50000 qilib sotvommiz. Endi shu ishimiz joizmi? Biza o‘zi buni 40000so‘mga olganmiz ya’ni biza xech kimda yo‘qligida sotamiz dib omaganmiz. 43000dan 50000ga ko‘tarlganini sababi firma direktoriga ayon. Manga shu sotganlarimdan foiz chiqadi. Topganim xalolmi? Maxallamizda bitta ilmli kishi gunox dedi. Ya’ni xech kimda yo‘qligida to‘plab sotish yaxshimas dedi. Buni biza to‘plamadikku ataylab, o‘zi qimmatligiga qobketgan. Jovobiz juda zarur rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizlarning juda ko‘p ishingiz shariatga nomuvofiq. Xususan doktorlar bilan doringizni o‘tkazish uchun qilgan shartnomalaringiz. Bu mijozlar haqqiga xiyonat hisoblanadi. Qimmat sotish shar’an joiz bo‘lsada barakasi bo‘lishi uchun mijozlar tomonini ham o‘ylash kerak. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 07:48 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat