Ummatga foyda keltirish

Assalomu alaykum! Men Arxitektor va Dizayner bo‘lib ishlayman. Doktor va muallimlar ummatga foyda keltirgandek men ham foydam tegishini va qilayotgan ishim ibodat o‘rnidan o‘tishini hohlar edim. Buning uchun Nima qilsam bo‘ladi maslahat beringlar iltimos. Shu kasb orqali foyda keltirishni istayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingizni ishingizni halol, shariatga muvofiq bajaring. Xayrli ishlarga hissa qo‘shishga harakat qiling. Ko‘pchilikka foyda keltiradigan loyihalarda xizmat qilishga urining. Masjid va madrasa qurilishlarida hunaringizni ishlatib ko‘maklashing. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 03:19 | Savol-javoblar | 163 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar