Ta’ziya xaqida

Assalomu alekum ustoz. Alloh rizosi uchun qilayotgan xizmatlaringizdan O‘zi rozi bo‘lsin va kutganingizdan ziyoda ajr bilan mukofotlasin. Ustoz bir oz vaqtingizni olishga ijozat eting.Bir tanishim mendan so‘ragan edi, bilmaganim uchun so‘rab ko‘rishimni aytdim, savol kuyidagicha[u]"kecha ta’ziyaga borganidim bir kitobda ukiganmimda ta’ziyada kup yiglamay jim utiriladi deyilganidi xamma ayollar jur bulib la ilaxa illalox kalimasini yuztalab aytdilar, ovoz xam kupchilik erkaklar oldida avrat ku shuni bilolmay koldim mumkinmikan?"[/u]Bu savolga saytdan qidirib javob topa olmadim, mabodo takroriy berilayotgan savol bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman. Allox Sizdan, yaqinlaringizdan va ko‘pchilikka qilayotgan xizmatingizda sizga yordam berayotganlardan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur ish noto‘g‘ri. O‘limda zikrni ham ichida qilinadi.

27 May 2022, 04:25 | Savol-javoblar | 169 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar