Boqib olingan bolaning nikohi
Assalomu alaykum! Yaqinda bir joyda o‘qigan edim, aytilishicha boqib olingan farzand katta bo‘lib nikoh o‘qilayotganda boqib olgan otasini emas, xaqiqiy otasining ismni aytilishi kerak ekan. Agar otasi noma’lum bo‘lsa farzandning o‘z ismi aytilar ekan. Bunga shariatimiz aslida nima degan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Bu erda asosiy masala bola o‘z otasidan boshqasini ota deb da’vo qilmasligi. Ya’ni meni otam shu deb pushti kamaridan bo‘lgan o‘z otasini inkor qilmaslik kerak. Boqib olgani uchun dada deb chaqirishi yoki boqib olgan odam o‘g‘lim deb chaqirishining zarari yo‘q. Nikohdan asosiy maqsad nikohlanayotgan kishining shaxsi hammaga ma’lum bo‘lishidir. Otasini aytish ham shart emas. عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: مَنْ زَعَمَ أَنَّ عِنْدَنَا شَيْئًا نَقْرَؤُهُ إِلَّا كِتَابَ اللهِ وَهَذِهِ الصَّحِيفَةَ فَقَدْ كَذَبَ، فِيهَا أَسْنَانُ الْإِبِلِ وَأَشْيَاءُ مِنَ الْجِرَاحَاتِ، وَفِيهَا قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْمَدِينَةُ حَرَمٌ مَا بَيْنَ عَيْرٍ إِلَى ثَوْرٍ، فَمَنْ أَحْدَثَ فِيهَا حَدَثًا أَوْ آوَى مُحْدِثًا فَعَلَيْهِ لَعْنَةُ اللهِ وَالْمَلَائِكَةِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ، لَا يَقْبَلُ اللهُ مِنْهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ صَرْفًا وَلَا عَدْلًا، وَذِمَّةُ الْمُسْلِمِينَ وَاحِدَةٌ يَسْعَى بِهَا أَدْنَاهُمْ. زَادَ فِي رِوَايَةٍ: فَمَنْ أَخْفَرَ مُسْلِمًا فَعَلَيْهِ لَعْنَةُ اللهِ وَالْمَلَائِكَةِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ، لَا يُقْبَلُ مِنْهُ يَوْمَ القِيَامَةِ صَرْفٌ وَلَا عَدْلٌ، وَمَن ادَّعَى إِلَى غَيْرِ أَبِيْهِ أَوْ انْتَمَي إلَى غَيْرِ مَوَالِيهِ فَعَلَيْهِ لَعْنَةُ اللهِ وَالْمَلَائِكَةِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ، لَا يَقْبَلُ اللهُ مِنْهُ يَوْمَ القِيَامَةِ صَرْفاً وَلَا عَدْلًا. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Kim «Bizda Allohning Kitobi va ushbu sahifadan boshqa o‘qiydigan narsamiz bor», deb gumon qilsa, batahqiq, yolg‘on aytibdi. Unda tuyalarning yoki jarohat (etganda to‘lanadigan narsa)lar haqida gap bor. Unda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Madinaning harami Ayr bilan Savr orasidadir. Kim unda bir bid’at paydo qilsa yoki bid’atchiga joy bersa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin. Qiyomat kuni Alloh undan naflni ham, farzni ham qabul qilmaydi. Musulmonlarning zimmasi (omonlik berishi) birdir. Uni ularning eng oddiysi ham bera oladi», deganlar».
Boshqa rivoyatda:
«Kim musulmonga bergan ahdini buzsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin. Qiyomat kuni undan nafl ham, farz ham qabul qilinmas. Kim otasidan boshqaning nasabini da’vo qilsa yoki o‘zini o‘z mavoliylaridan boshqaga tegishli deb bilsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’nati bo‘lsin. Qiyomat kuni Alloh undan naflni ham, farzni ham qabul qilmaydi», deyilgan.
Uchovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisdagi sahifa – Ali roziyallohu anhu qilichlarining qiniga solib yuradigan bir parcha bo‘lib, unda hadisda zikr etilgan ba’zi shar’iy ahkomlar yozilgan bo‘lgan.
Ayr – Madinai munavvaraning janubidagi tog‘ning nomi.
Savr – Madinai munavvaraning shimolidagi tog‘ning nomi. Bu tog‘lar harami madaniyning janub va shimol tomondagi chegaralaridir.
Harami madaniyning sharq va g‘arb tomondagi chegaralari kelgusi hadisi sharifda zikr qilinadi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:03 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush