Erga itoat

Assalomu alaykum! Alloh harom qilgan narsani er talab qilsa(jinsiy yaqinlik emas), buni haromligini xotin tushuntirsayu, eri “mayli gunohi menga” desa nima qilish kerak? Jannatdan umidvor holda erni rozi qilib shartiga ko‘nish kerakmi? Agar er “meni desang shu ishni qilasan” deb majburlasa, xotini ham uning gunohiga sherik bo‘ladimi? Javobingiz uchun rahmat. To‘g‘ri yo‘l ko‘rsatasizlar deb umid qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ Hasandan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. Ya’ni, bandani rozi qilaman, deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 14:20 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar