Makka shahridagi voqea

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar mana o‘zlaringizning ham xabarlaringiz bor yaqinda Makka shahri Masjidul Haromdagi kran qulashi natijasida ko‘p odamlar o‘ldi deb o‘qidik. Allohga shukurki bizning yurtdoshlarimizdan o‘lganalar yo‘q ekan. O‘sha o‘lgan isnonlar to‘g‘ri jannatga tushadimi? Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu Allohga havola.
Ya’ni ahli qiblalardan muayyan bir kishini, bu ahli jannatdir yoki bu ahli do‘zaxdir, deb aytmaymiz. Faqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «ahli jannat» deb aytgan bo‘lsalar, aytamiz. Misoli, jannat bashorati berilgan o‘n kishi. Agar umumiy qilib, gunohi kabiyra qilganlarni Alloh do‘zaxga kiritadi, so‘ngra shafoatchilar shafoati ila chiqaradi, desak ham, muayyan shaxs haqida bu gapni aytmaymiz. Muayyan shaxsni jannatiy yoki do‘zaxiy deb guvohlik bermaymiz. Chunki haqiyqat maxfiydir. Yaxshilarga umid qilamiz. Yomonlarga xavf qilamiz. (“Aqiydatut-Tahoviya sharhining talxiysi” kitobidan). Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:56 | Savol-javoblar | 148 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar