Bu bilan harom bo‘lib qolmaydimi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Nosvoy xaromligiga fatvolar bor. Biz tomonda 80% odam nos chekadi, tuy-marakalarda, sabzi to‘g‘rarda nos chekib qo‘lidagi nos qoldig‘i bilan yana sabzi to‘g‘rashadi, oshpaz akalar qozonni boshida chekib o‘sha qo‘li bilan masallig‘larni qozonga soladi. Yana o‘zim guvoxi bulganman, ular og‘zida nos bilan gaplashayatganda ularning og‘zidan tupuklari sachrab qozondagi taomga, dastarxondagi noz-nematlarga sachraydi. Buni ko‘rib men u dasdarxondan ham, qozondan xam xech narsa eyolmayman. Shu taomlar hukmi qanday bo‘ladi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytganchalik darajada bo‘lsa, taomni harom deb hukm qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytganchalik darajada bo‘lsa, taomni harom deb hukm qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 20:13 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom