Shubhali go‘shtlar

Assalomu alaykum! Ishxonada ham, uyda ham turgan go‘shtlarni so‘yishda “Bismilloh”ni aytgan yoki aytmaganini bilmayman. O‘sha ovqatni esam bo‘ladimi yoki o‘zimga boshqa ovqat qilaymi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda ikki narsani asosiy qoida qilib olingan.
Birinchisi : Asli harom bo‘lgan narsani, shar’iy yo‘l bilan halol qilinganligi sobit bo‘lmagunicha, u haromligicha qoladi.  Masalan : Go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ulardagi oquvchi qon chiqib ketmaganligi va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilgani topilmagani uchun u haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani sobit bo‘lgach, halolga hukm qilinadi.
Ikkinchisi : Asli halol bo‘lgan narsalar biror yo‘l bilan harom qilinganligi sobit bo‘lmasa, halolligicha qoladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:56 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar