Xizmat narxini oldindan kelishuv
Assalomu alaykum! Kasbim texnika, elektronika ta’miri bilan aloqali. Mijozning obkelgan texnikasining oldindan qanday baxoga tuzatilishini bilish qiyin. (Kompyuter ekrani ko‘p qora bo‘lsa masalan). Shuning uchun narx aytolmaymiz. Tuzatgandan keyin xizmat xaqi so‘rasak ba’zan qimmat ko‘rishadi. Shariatga ko‘ra qanday yo‘l tutishimiz kerak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishni bajarishdan oldin hizmat haqini aniq qilib kelishib olishingiz shart. “Buyumingizni yaxshilab o‘rganib ko‘rib, ayb nimada ekanini aniqlab hizmat haqini aytib yuboraman, rozi bo‘lsangiz keyin tuzatishni boshlayman” deb aytsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 17:02 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat