Sotuvchiga chegirma
Assalomu alaykum! Ustozlar man turkiyadan sotish uchun kiyim kechak mahsulotlarini olib kelaman u mahsulotlarni uyda onam va ayolim sotishadi bazida sotuvchilaram olib ketib sotishvorishadi ba’zi sotuvchilar birgalashib mijozlar ham olib kelishadi shu sotuvchilarga o‘zimiz bonus qilib birga kelgan haridorlarni olgan narsasini hisobiga bironnima bersak bo‘ladimi masalan birga kegan mijolar 1 million so‘m lik narsa olishsa o‘sha sotuvchiga 50 ming so‘m lik tapichkami yoki rumolmi yoki shu qiymatga to‘g‘ri keladigan o‘zizga yoqqan narsa olorin disek va boshqa sotuvchilargayam mijoz olibkesez sovg‘amiz bor disek bo‘ladimi 2-Biz narsa oluvchilarga 1oy muddatga nasiyaga beramiz bazida mijozlar narsani olib ketib pul bermedi bergan narsamizi qaytarib olsak bo‘ladimi bazida o‘zlari 15-20 kundan keyinam narsani qaytib obkelishadi qaytib obkelganlardikini olamiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Berganingizni haqqini etaklab kelgan mijozdan undirmasangiz bo‘ldi. "Xiyorunnaqd" degan shart bor. U “shuncha kunda pulini bermasangiz molin qaytarib olamiz” degan shart. Shu shartni qo‘yib sotsangizlar va keyinchalik pulini bermasa molni qaytarib olishga haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 21:33 | Savol-javoblar | 167 | Moliya va tijorat