Shunday qilinsa gunoh emasmi?

Assalamu alaykum! Ustozlar sizlarga bir necha savol yo‘llomoqdaman. 1.O‘rtaga pul tikib futbol o‘ynash ham qimorga kiradimi?
2. O‘sha pulni bir kishi “men futbol bermoqchiman” deb tikib o‘ynalsachi?
3. Yoki o‘sha pulni birorta beva bechorga bersa yaxshimi? Oldindan rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Yutqazgan to‘lashni shart qilinsa qimorga kiradi.
2). Bir kishi “men to‘layman” deb yutish yoki yutkazishni shart qilmasa, joiz.
3). Salomatlik uchun futbol o‘ynashda hech qanday zarar yo‘q. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:04 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar