Futbol haqida
Assalomu alaykum! O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqishi biz o‘zbek musulmonlariga nima foydasi bor?
2). Dunyo va oxiratga hech qanday foydasi bo‘lmagan balki zarari bo‘lgan ishga jon kuydirish, asabiylashish va boshqa muhim ishlardan chalg‘ish ahmoqlik, joxillik emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عَنْ عَلِيِّ بْنِ حُسَيْنٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: إِنَّ مِنْ حُسْنِ إِسْلَامِ الْمَرْءِ تَرْكَهُ مَا لَا يَعْنِيهِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْحَاكِمُ Ali ibn Husayn roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Albatta, kishining o‘zi uchun befoyda narsalarni tark qilishi Islomining husnidandir», dedilar».Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar.Sharh: Bu hadisi sharif Islomning madori bo‘lgan to‘rt hadisning biridir. Imom Abu Dovud rahmatullohi alayhi:«Bu hadis Islomning madori bo‘lgan hadislardandir. Insonning dini uchun to‘rtta hadis kifoya qilur:1. «Albatta, amallar niyatga bog‘liqdir» degan hadis.2. «Birortangiz toki o‘ziga yaxshi ko‘rgan narsani o‘z birodariga ham yaxshi ko‘rmaguncha mo‘min bo‘la olmaydi» degan hadis.3. «Kishi Islomining go‘zal bo‘lishi o‘zi uchun behuda bo‘lgan narsani tark qilishidir» degan hadis.4. «Albatta, halol ochiq-oydindir, harom ochiq-oydindir» degan hadis», degan ekanlar. Hayotimizga diqqat bilan nazar soladigan bo‘lsak, kishilarning ko‘p vaqti, zehn-zakovati, aql-idroki va imkoniyatlari behuda narsalarga sarf qilinayotganini ko‘ramiz. Behuda narsalardan chetda bo‘lgan kishi faqat foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lishini yaxshi anglab etishimiz lozim. Binobarin, har doim befoyda ishlardan o‘zimizni chetda tutishimiz kerak bo‘ladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
6 May 2022, 16:58 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar