Niyat to‘g‘rimi?
Assalomu alaykum! Bir odam “O‘z sohamda eng zo‘ri bo‘lishim kerak, bu sohada kofirlarning birinchilardan bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligim kerak. Kofirlarning men tanlagan soha bo‘yicha o‘zishiga yo‘l qo‘ymayman” deyishi asosida ilmga rag‘bat qilishi va ilm olishga kirishishida niyat to‘g‘ri bo‘ladimi? Bunday niyat bilan go‘zal savoblarga erishish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Amal Allohga qilinadigan ibodat va Unga yaqin qiladigan ishlardan bir juzdir. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuning dehqonchilik qilganlari tufayli qo‘lidagi qadoqlarni ko‘rib : “Bu ikki kaftni Alloh va Rosuli yaxshi ko‘radi” deganlar. Shuningdek Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : “Albatta Alloh sizlardan birortangiz biror amal qilsa uni puxta qilingizni yaxshi ko‘radi” deganlar.
Sohaning ko‘proq savobga ega bo‘lishi uning ommaga bo‘ladigan manfaati ko‘pligi bilan bo‘ladi. Siz ommaga manfaati ko‘p bo‘lgan sohani tanlagan bo‘lsangiz Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning “Albatta Alloh sizlardan birortangiz biror amal qilsa uni puxta qilingizni yaxshi ko‘radi” degan hadislariga amal qilishni niyat qilsangiz to‘g‘ri niyat qilgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:06 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar