Miqdor

Assalomu alaykum! So‘ragan narsami topib berganlaringiz uchun kattadan katta rahmat. Men kutmaganimda haqqimga duo qilib meni qanchalar xursan qilgan bo‘lsangizlar mehribon zot ham sizlarni hisob kitob kunida kutilmagan tamonlardan hursand qilsin. Iltimos savollarimga javob bersalaringiz. 1) Bir davrning ulamolari ijmo qilingan narsasi keyingi davrining ulamolarining ijmosi bilan bekor bo‘ladimi? 2) Ruku’ni farzi qo‘lini barmoqlari tizzasiga etishimi yoki kaftinimi yoki o‘sha miqdorda egilishimi? 3) Najasati g‘alizani suyug‘i kaftni tekkis qilib olgandan qolgancha suv bilan o‘lchanami yoki o‘sha miqdorda yoyilgani bilanmi? ( So‘raganimni sababi suv oz miqdori biror narsaga tegsa ko‘p miqdorda yoyilib ketadi.) Ba’zida so‘ragan narsalarni qayta so‘rashga to‘g‘ri keladi buni to‘g‘ri chunasizlar degan umiddaman o‘ziga yarasha sabablari bor. Javobingiz uchun kattadan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Yo‘q. Xususan mutaqoddim ulamolarning ijmosi bekor qilinmaydi. 2). O‘sha miqdorda egilishi. 3). Yoyilgani bilan. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:14 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar