Solih amal
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, 2 kun oldin 2 ta murojat qilgandim hali javobin olmadim, musulmon kishi faqat musulmon birodariga yaxshilik qilish kerakmi? G‘ayridinlar(nasroniy va hokazo)ga yaxshilik qilishga qanday qaraladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Eng yaqin do‘stingizni ikki farzandi bo‘lib biri solih, boshqasi fosiq bo‘lsa, do‘stingizni hurmati ikkisiga ham bir xilda muomala qilishingizni taqozo qiladi. Hayotda shunday ham bo‘ladi. Gohida fosiqqa qilingan xayri ehson, yaxshilikni fosiq farzand noto‘g‘ri tasarruf qilayotgani e’tiboridan do‘stingizning o‘zi ba’zi narsalarda undan chetroq bo‘lishni tavsiya qiladi. Xuddi shuningdek barcha maxluqotlar Alloh taoloning maxluqi, bandalari ekanligining e’tibori bilan izzat ikrom va yaxshi muomalaga loyiq hisoblanadi. Lekin Alloh taolo ham O‘ziga itoatsiz bo‘lgan bandalaridan fisq-fujur, buzuq e’tiqod kabi ba’zi ishlardagina uzoqroq bo‘lishimizga buyuradi. Qolgan ishlarda solihga qilinadigan muomalalarning barchasi unga ham qilinadi. Do‘stimizning fosiq farzandini tavba qilishi, oxir oqibati jannat bo‘lishini qanchalik xohlasak va shunga erishish uchun qanchalik pandu nasihat, moddiy va ma’naviy yordamlar qiladigan bo‘lsak, boshqa din vakillariga ham xuddi shunday holatda bo‘lishimiz kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:00 | Savol-javoblar | 157 | Ta’lim va muta’allim