Shaxtadagi suvining hukmi

Assalomu alaykum! Bizda ichimlik suvi sotib olinadi, shuning uchun biz shaxta ya’ni er osti boyliklari qazib chiqaradigan joydan suv ishlatamiz. U erda er ostidan juda ko‘p miqdorda suv to‘plangan. Odamlarning aytishicha uning ichiga har xil sichqon va shunga o‘xshagan hayvonlar tusharkan. Lekin aniq bir ma’lumot eshitmadim. Ichimlik suvi qimmatligi uchun biz shundan yuvinishlarga foydalanamiz. Quduqdagi suvlar hukmi bilan tanishib chiqdim, lekin shaxtalardagi juda ham ko‘p miqdordagi suvlar pokligi qanday bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular pok hisoblanadi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:16 | Savol-javoblar | 158 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar