Qora tanli insonlar

Assalamu alaykum! Avalambor meni savollarimga javob yozganingiz uchun sizlardan minnatdorman. Biz kabi ilmsiz kitob o‘qishga vaqti yo‘q erinchoq muxlislaringizni hurmat qilganingiz uchun sizlardan Alloh rozi bo‘lsin. Men so‘ramoqchi bo‘lgan savolimni, dinga aloqasi bor deb o‘ylayman. Qora tanli insonlar qaysi payg‘ambar davrida paydo bo‘lgan? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Birodari aziz, Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : “عن أبي هريرة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "من حسن إسلام المرء تركه ما لا يعنيه" حديث حسن رواه الترمذي وغيره .” Ya’ni Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : “Kishi o‘ziga keraksiz bo‘lgan narsalarni tark qilishi, Islomining go‘zal ekanligining alomatidandir” dedilar. (Termiziy va boshqalar rivoyati). Agar bu ma’lumot sizning dinu-dunyoingizga zarracha bo‘lsada foyda keltirganida edi, ulamolarimiz buni albatta kitoblarda yozib qoldirgan bo‘lar edilar. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:16 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar