Eridan so‘ramasdan mehribonlik uyiga sovg‘a berish

Oliygohda kontrakt asosida o‘qiyman. Turmushga chiqqan bo‘lsam ham, oilaviy sharoitimni hisobga olib kontraktimni o‘zimning dadam to‘laydilar. Yaqinda institutda yangi yilga byudjetdan ortib qolgan pul, premiya (moddiy yordam) berishdi. Stipendiyamga qo‘shib. Men u pulni kutmagandim. O‘tgan juma edi. Domlalarimizdan mehribonlik uyiga borishganini eshitdim va ko‘ngimga tugdim. Shu kunning o‘zidayoq xo‘jayinimdan so‘ramasdan supermarketdan 8 ta sovg‘a oldim(yangi yil bayramiga) va uyimizga yaqin bo‘lgan mehribonlik uyiga olib bordim. Keyin hojayinimga aytdim. Ular: “Agar o‘zingdan ortsa birovga olib borish kerak, hamma narsang etarli bo‘lsa” dedilar. Sezdimki ular juda xursand bo‘lmadilar. “Mayli yaxshi qilibsan” dedilar, qisqagina. Men ulardan so‘ramasdan shunaqa savobli ishlar qurbim etgancha (kam bo‘lsa ham) qilib tursam bo‘ladimi yoki ulardan albatta so‘rashim kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
So‘ragan yaxshi.

26 May 2022, 20:50 | Savol-javoblar | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar