So‘kinadigan musulmon

Assalamu alaykum va roxmatulloxi va borakatux! Bir namozxon ulfatim nihoyatda ko‘p zinoli va ota-onaga tegishli gaplar bilan so‘kinadigan odati bor edi. Har xil yo‘llar ila uni “fosiq bo‘lma, muflis bo‘lma, gunoh qilma” deb ogoh etaverardim, ammo natija yo‘q edi. Va oxiri o‘zimni ham shunday zinoli so‘kinishidan so‘ng, undan uzoqlashdim. Hatto ko‘rishish uchun qo‘limni cho‘zishni hoxlamayman(ammo salomimni berayapman), yonida o‘tirishni ham hoxlamayapman. Chunki u bilan birga bulsam diynimga zarari bo‘layapti. Hattoki so‘kinish odati menga ham biroz yuqdi. Shukrki bu gunohdan qutilayapman. Savolim shuki: undan nari yurganim to‘g‘rimi yoki boshqa yo‘l tutaymi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday haqoratlovchi kishini “fosiq” deyiladi. Shariatimiz isloh qilish imkoni bo‘lsa o‘zingiz bilan olib yurishingizga va u bilan yaxshi munosabatda bo‘ishingizga buyuradi. Agar uning zarari sizga ham etadigan bo‘lsa, unday fosiqlardan uzoqda bo‘lshingizni buyuradi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:17 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar