Azadorlarga ovqat berish

Assalomu alaykum! Savolim azador uyida 3 kun taom pishirish mumkin emas diyishdi va bu haqida hadis ham bor deb aytishdi. Shu to‘g‘rimi yoki bu o‘ylab chiqilganmi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi kunda shariatdan bexabar ba’zi bir kishilar mayyit xonadonida taom tayyorlab ta’ziyaga keluvchilarga ediradilar. Bu ham sunnatga xilof bo‘lgani uchun nojoiz va bid’at amaldir. Chunki ziyofat qilib berish xursandchilik o‘rinlarida qilinib, musibat vaqtida ziyofat qilinmaydi. Ta’ziyaga keluvchilar o‘zlari taom keltirmasalar hech bo‘lmasa mayyit ahliga og‘irliklarini solmasliklari kerak. (Roddul Muhtor) Mayyit ahli agar ularga taom kelmasa o‘zlari tayyorlab eyishlari mumkin. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 09:58 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar