Bomdod namozi qazosi

Assalomu alaykum! Bamdod namozi qazo bo‘lgan payt, uning farziga qo‘shib sunnati ham o‘qiladimi? Ba’zi manbalarda faqat farz va vojib namozlarini qazosi ado etiladi deyilsa, ba’zilarida yukorida zikr aytilgan ma’lumotga qo‘shimcha qilib bamdod namozi sunnati ham aytib o‘tilgan. Sizdan iltimos, bunga aniqlik kiritib, namozlarimizni to‘g‘ri ado etilishiga yordam beringlar. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha kungi bamdodning sunnatining qazosi, peshingacha o‘qisa qo‘shib o‘qiladi. Boshqa sunnatlarning qazosi o‘qilmaydi. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 06:45 | Savol-javoblar | 123 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar