Hayit namozi o‘qilishi

Assalomu alaykum! «Kifoya» kitobining 535-betida «Sanodan keyin qo‘lini ko‘tarib,uch marta takbir aytadi. Ikkinchi rak’atda qiroatdan keyin takbir aytadi» deyilgan. Sharxida «subhanakallohumma» o‘qiydilar. Imom bilan qavm uch marta takbir aytadilar. Har takbirda qo‘l quloqning yumshoq joyigacha ko‘tarilib,so‘ng yonga tushuriladi. Bu takbirlarni «ziyoda takbirlar» deb aytiladi. Har takbirdan keyin uch tasbeh aytguncha turiladi. Keyin ikki qo‘l bog‘lanib,kindik ostiga qo‘yiladi.»Uzr bu erda chunmaganim takbir aytib so‘ng yonga tushuriladi, uch tasbeh aytguncha turiladi» deyilgan. Bunda har takbir aytganda qo‘lni bog‘lanmasdan uch tasbeh aytguncha yonboshga tushurib turiladi, keyin to‘rtinchisida qo‘llar bog‘lanadi shuni to‘g‘ri chundinmi? Bu narsani so‘raganimni sababi hayit namozlarida har bir takbirdan keyin qo‘lni kindik ostiga qo‘yar edim. Savoldagi hato va kamchiliklar uchun uzr so‘rayman. Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Har takbirdan keyin qo‘llar yonboshga tushirilgan holatda bo‘ladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:20 | Savol-javoblar | 154 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar