Hayitdagi bid’at marosimlar

Assalomu alaykum! Dadam va kattalar rahmatli onamga hayit kuni marosim qilishmoqchi. Men ularga bu bida’t ekanligini aytib tushuntirsam ham ahdlaridan qaytishmayapti. Ular “biz qilmasak ham odamlar o‘zlari kelishaverdi” deyishayapti. Shunday holatda bu bida’tdan qanday qutulish mumkin?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu ishni bid’atligini xalqqa gaplari o‘tadigan odamlarning qayta-qayta aytishlari bilan yo‘q bo‘lib ketadi va aytilib kelmoqda ham. Bu aytishlarni ba’zi joylarda samarasi ham ko‘rinib qoldi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:20 | Savol-javoblar | 127 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar