Go‘sht olish

Assalomu alaykum! Men xozirda safarimni yakunlash arafasida turibman. O‘tgan davr mobaynida kanalingizdan ancha saboq oldim va bu ishingizni Alloh ajrini ziyoda qilsin. Savolga keladigan bo‘lsam-bizga bu erda xaftalik oziq ovqat beriladi. Meni xonadosh og‘aynim berilgan go‘shtdan tashqari ombor mudiridan 1 kg go‘sht olibdi va keyingi xaftani xisobidan dedi bizga (lekin bazi bollar yashirincha shu go‘shtdan eydi). Shundan so‘ng anglab etdimki bu ko‘pchilikni rizqi va omborga qaytarib bermoqchi bo‘ldim ammo mudir olmadi borligi uchun berdim bemalol dedi. Lekin oshiqcha go‘shtni xammaga xam bermedi. Ko‘pchilikni rizqi uchun javobgarlikni elkamdan soqit qildimmi yoki yo‘qmi? Qanday maslaxat berasizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri tushunibsiz, u barchaning haqqidir. Qaytarib berishingiz kerak. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 06:06 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar