Vitr namozidagi takbir

Assalomu alaykum! Vitr namozini 3-rak’atining zam surasidan so‘ng takbiri tahrimada qo‘llar qulloqlar barobarida ko‘taramiz va o‘sha ko‘targan paytda bosh barmog‘imizni qulloqqa tekazamizmi yoki yo‘qmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadislarda "quloq barobaricha ko‘tarilsin" degan. Ulamolarimiz quloq barobarida ko‘tarilganini aniq bo‘lishi uchun, quloqning yumshog‘iga tekazishni mustahab deganlar. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:21 | Savol-javoblar | 144 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar