Hayvonning yoshi
Assalamu alaykum! Qurbonlik va aqiqa uchun so‘yiladigan hayvonning yoshiga ahamiyat berish kerakmi? Necha yosh bo‘lishi shart qilingan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyida qurbonlik qilinadigan hayvonlarning sifatlari haqida ma’lumot beriladi.
Qo‘ydan jaza’a (olti oylik) va undan boshqadan saniy va undan kattasi qurbonlikka yaraydi. «Saniy» deb bir yoshli qo‘y-echkiga va ikki yoshli molga va besh yoshli tuyaga aytiladi.
Bu hukmlar quyidagi hadisi shariflardan olingan:
Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga qo‘ylarni sahobalariga qurbonlik qilishlariga taqsimlab berish uchun berdilar. Bas, bir yoshli uloqcha ortib qolgandi. Uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qilgan edi, u zot:
«Uni sen qurbonlik qil», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Bir yoshli uloqchani qurbonlik qilish mumkinligi ushbu hadisdan bilinadi. Undan kichigi joiz emas.
Uqba ibn Omir roziyallohu anhu sahobai kiromlarga qo‘ylarni taqsimlab bo‘lganlaridan keyin bir yoshli uloqcha ortib qolganining xabarini berganlarida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning:
«Uni sen qurbonlik qil», deganlari shunga dalolat qiladi.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Musinnadan boshqani so‘ymanglar. Faqat sizga qiyin bo‘lib qolgandagina qo‘yning jaza’asini so‘ysangiz bo‘ladi», dedilar».
Muslim, Abu Dovud va Nasoiy rivoyat qilishgan.
«Musinna» tuyadan bo‘lsa, besh yoshli, qoramoldan bo‘lsa, ikki yoshli, qo‘y-echkidan bo‘lsa, bir yoshli bo‘lganidir.
«Jaza’a» Abu Hanifa rahmatullohi alayhining aytishlaricha, qo‘ydan bo‘lsa, olti oyligi bo‘ladi.
Demak, imkoni bor odam kamida bir yoshli qo‘y yoki echki qurbonlik qilishi kerak. Agar kambag‘alligi tufayli qo‘li qisqalik qilib, bir yoshli qo‘y-echkining ilojini qila olmasa, olti oylik qo‘y bo‘lsa ham kifoya qilaveradi. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:22 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar