Ro‘zador og‘zini kechiktirib ochish

Assalomu alaykum! Biz og‘zimizni shomdan 5-10 daqiqa kechiktirib ochamiz. Sababi (balki soatimiz noto‘g‘ridir) degan fikr. Aslida ro‘zador og‘zini 5-10 daqiqa kechiktirib ochsa buni tutayotgan ro‘zamizga ta’siri yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ta’siri yo‘q. Xususan baland joy va uylarda yashovchilar birinchi qavatlarda yashaydiganlardan keyinroq quyosh botganligiga aniq ishonch hosil qilganlaridan keyin ochishlari kerak. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:25 | Savol-javoblar | 155 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar