Pul olish

Assalomu alaykum! Men fevral oyida moshinam bilan yo‘l transport hodisasiga uchragan edim. Unda men svetaforni qizil chirog‘ida to‘xtab turganimda moshinamni orqa tomonidan kelib bir moshina urgan edi (haydovchisi mast edi) voqea joyiga YPX hodimlari kelib voqeani rasmiylashtirdi. Orqa taomonimdan kelib urgan moshina aybdor deb topildi. Ikkala moshinani ham jarima maydonchasiga olib ketishdi. Shunda men moshinam uchun : Jarima maydonchasiga 475.000 so‘m, sud expertizasi uchun 400.000 so‘m va moshinamni tamirlatish uchun 1.600.000 so‘m JAMI:2.475.000 so‘m harajat qildim. Aybdorga shu harajatimni hammasini qoplab berasiz desam faqat moshina tamirlashga ketgan pulni beraman deyabdi. Men moshina tamirlashga qilgan harajatlarimni va boshqa qilgan harajatlarimni qo‘shib aytib (yani yolg‘on aralashtirib yolg‘on aralashtirmasam bermaydi) olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on ishlatish mumkin emas. Tegishli joylarga murojaat qilsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:18 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar