Kiyish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli Zikr axladan so‘rang hayati azolari Olloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin. Savolim shuki orqasida bosh kiyimi bor kiyimni yani kurtka, futbolkani musulmon kishi kiyishi mumkinmi yo‘qmi? Bu kiyim kofirlarni kiyimi musulmonlarga mumkinmas kiyish deb eshitgan edim. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Ro‘za Ramazon ayyomi muborak bo‘lsin.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda boshqa din vakillarining dinlariga xos kiyimlarini kiyishdan qaytarilgan. Dinlariga tegishli bo‘lmasa zarari yo‘q. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:26 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar