Namozim joizmi?

Assalamu alaykum! Savol berishga ijozat bersangiz. 4 rak’atli sunnat namoziga bilmasdan takbiri qomat aytib qo‘ygan bo‘lsa, lekin namozning 3-rak’atida yodiga kelsa namozni davom ettirib, yakunlab, so‘ng farz namoziga yana qomat aytib namozini o‘qiyversa bo‘ladimi? Yoki namozida xatolik bo‘ladimi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunday namozda xatolik bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:32 | Savol-javoblar | 143 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar