Musfira ismi haqida

Assalomu alaykum! Qizimga Musfira deb ism qo‘ygan edik, bu ismni qo‘yish mumkinmi? Javobizni kutib qolaman. Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Musfiraning ma’nosi "o‘zi nurli", "porloq" va "nur taratuvchi" degan ma’nolarida ekan. Alloh taolo Qur’oni Karim “A’basa” surasi 38-oyatida :
38. U Kunda porloq chehralar bor
Albatta, bular jannatiy bandalarning chehralaridir. Qiyomat kuni, avval zikr qilinganidek, o‘ta dahshatli, har bir odamni o‘zi bilan ovora qilib qo‘yadigan qo‘rqinchli bir kun bo‘lsa ham, o‘sha Kunda taqvodor mo‘min-musulmonlarning chehralari porloq bo‘ladi. Ular bu dunyodagi iymon-e’tiqodlari, ibodatu amali solihlari mukofoti tariqasida o‘zlariga jannat va uning ne’mati haqida berilgan xushxabardan xursandlar, yuzlari to‘la kulgi.(“Tafsiri Hilol”). Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:32 | Savol-javoblar | 288 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar