Qoldirilgan namoz
Assalomu alaykum! Buvimlar sizlardan bir savol so‘rab berishimni iltimos qilgan edilar. Savollari shuki, namoz o‘qishni o‘rta yoshlarida boshlagan ekanlar, «unga qadar namoz o‘qimaganman, shuning uchun yosh paytimda o‘qilmay qolib ketgan namozlarimga kafforat bo‘lsin, deb, oxirgi paytlarda har bir o‘z vaqtida o‘qigan namozimdan tashqari, o‘sha namozning qazosini o‘qib boryapman» dedilar. Men esa bir hadis eshitgan edim: qiyomatda bandalardan birinchi bo‘lib namozdan hisob so‘ralar ekan, agar namozi to‘kis bo‘lmasa, o‘qigan nafl namozlariga qaralar ekan, agar banda nafl namozlarni tiriklik paytida o‘qib yurgan bo‘lsa, ba’zida o‘qilmay qolib ketgan farz va vojib namozlarni o‘rnini Alloh taolo ushbu nafl namozlari sababidan o‘rnini to‘ldirar ekan. Qori aka, iltimos, yuqorida bayon qilganlarimga oydinlik kiritib bering. Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri aytibsiz. Nafl namozlar hech qachon qazoning o‘rnini bosmaydi. Aksincha o‘qilgan farzdagi kamchiliklarni to‘ldiruvchi hisoblanadi. Masalan peshinning farzidan avval va keyin o‘qiladigan nafllar o‘sha peshinning farzida sodir bo‘lgan kamchiliklarni to‘ldiruvchisi bo‘ladi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 00:54 | Savol-javoblar | 185 | Ibodatlar