Ko‘zboylog‘ichlar haqida
Assalomu alaykum! Men ko‘zboylog‘ichlik gunoh deya eshitgan edim. Yaqinda istirohat bog‘iga respublika kitob bayramiga borgan edim. Unda bir ko‘zboylog‘ich o‘z chiqishlarini namoyish etdi. Qiziqish ustun kelib uning chiqishlarini men va boshqa odamlar tomosha qildik. Uning ushbu kasbi gunoh bo‘lsa uning tomoshasini ko‘rganimiz uchun biz ham gunohkor bo‘lib qolmaymizmi. Iltimos ushbu savolimga javob bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Foydasiz narsalarni tark qilish, kishi islomining go‘zalligi alomatidandir. Qiyomat kuni inson eng afsuslanadigan ishi Allohning zikrisiz o‘tkazgan vaqtidir. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:36 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar