Birovni o‘zi xohlab bergan pul boshqa uchun halolmi?

Assalomu alaykum! Oshxonada ishlayman. Boshlig‘imiz hisob-kitob qilib, oshxona uchun kerakli bozorlikka pul beradilar. Ba’zan mahsulotlarni narxini tushurib, savdo qilib olaman. Natijada pul ortib qoladi. Ortib qolgan pulni o‘zimga saqlab qolsam halol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Halol bo‘lmaydi. Siz omonatdor bo‘lib ishlasangiz boshlig‘ingizni o‘zi maoshingizni ko‘tarib qo‘yadi va unda baraka ham bo‘ladi. Siz hozir o‘g‘ri hisoblanasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:35 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar