Tungi namoz haqida
Assalamu alaykum! Bundan ancha oldin Ustoz Shayx Hazratlari hayotlik chog‘larida tungi namozda 15 martadan tasbeh aytiladigan bir namoz tartibini haqida aytgandilar. O‘sha namozni yana bir bor takrorlab bersangiz yoki topib beringlar iltimos. Alloh O‘zi hammamizga yordamchi bo‘lsin. Iloji bo‘lsa tezroq iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! "Tasbeh" namozi. Vallohu a’lam. TASBEH NAMOZI
Ikrimaning Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abbosga qarata: «Ey amaki! Sizga bermaymi? Sizga o‘rgatmaymi?» degan so‘zlarni zikr qilib, so‘ng bunday dedilar: «To‘rt rakat namoz o‘qiysiz. Har rakatda Fotihani va boshqa bir surani o‘qiysiz. Birinchi rakatda qiroatdan so‘ng qiyomda «Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar» tasbehlarini o‘n besh marta ayta-siz. So‘ngra ruku’ga borasiz va ruku’da turganingizda mazkur tasbehlarni o‘n bor aytasiz. Keyin boshingizni ruku’dan ko‘targan vaqtda ham yana tasbehlarni o‘n marta aytasiz. So‘ng sajdaga bora-siz. Sajdada turganingizda yana mazkur tasbehlarni o‘n bor qaytarasiz. So‘ng boshingizni sajdadan ko‘tarib, yana mazkur tasbehlarni o‘n bor aytasiz, so‘ng yana sajda qilasiz va unda yana o‘n bor tasbeh aytasiz, so‘ng boshingizni sajdadan ko‘tarib, tik bo‘lishingizdan oldin yana o‘n marta tasbeh aytasiz. Bu aytilgan tasbehlarning umumiy adadi etmish beshta bo‘ladi. To‘rt rakatni shu taxlitda ado etasiz. Agar bu namozni bir kunda bir marta ado etishga qodir bo‘lsangiz, uni ado eting. Agar bir kunda ado etishga qodir bo‘lmasangiz, juma kuni bir marta o‘qing. Agar juma kunida ado etishga qodir bo‘lmasangiz, uni bir oyda bir o‘qing. Agar bunga qodir bo‘lmasangiz, uni bir yilda bir bor ado eting. Bunga ham imkon bo‘lmasa, umringiz davomida bir bor «tasbeh» namozi o‘qib qo‘ying». ("Mo‘minning me’roji" kitobidan)
26 May 2022, 16:36 | Savol-javoblar | 168 | Namoz