Bot orqali pul ishlash

Assalomu alaykum! Bir kishi telegramda foydali bot ochdi. Unga ma’ruzalar, 30pora Qur’on tilovatlari, kitoblar, faktlar kabi ma’lumotlar joyladi. Joylaguncha ham 2oydan ko‘p vaqt ketdi. Bu barcha ma’lumotlarni muallifidan botga joylashni ruxsat so‘radi. Va 150, 200 $ pul sarflab reklama qilib obunachilarini m: 30mingta qildi. Endi u o‘zining shu botida 50ming, 60ming pul evaziga boshqa odamning (kanalini, kiyim-kechagini yoki boshqa mahsulot)’ini reklama qilsa. Topayotgan puli joizmi? Muallifdan faqat bo‘tga joylashni so‘rash kerakmi yoki reklama ham qilaman deb aytib qo‘yish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Diniy ma’lumotlarni qo‘yadigan odamning diniy ilmi ham bo‘lishi talab qilinadi. Ma’lumotlarni to‘g‘ri ekanligini bilishi kerak. Bo‘lmasa odamlarning diniga bog‘liq masalarda o‘zi bilmay noto‘g‘ri ma’lumot tarqatib qo‘yib gunohkor bo‘lib qoladi. Odamlarning dinga bo‘lgan ixlosini suiste’mol qilmagani ma’qul. Hozirda shu ish urfga kirib qoldi. Ko‘p kanallar shunday holatda reklama bilan shug‘ullanyapti. Siz aytgan kishi ruxsat olibdi-ku, boshqalar ruxsat ham olmaydi. Kimdir mehnat qilib yozgan ma’lumotlarini ruxsatsiz tarqatib, savobni da’vosini ham qilishadi. Bunday holatda savobdan bebahra qolishlari ham mumkin. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 12:48 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar