Farz namozini ziyoda qilib yuborish haqida
Assalamu alaykum! Imom 3 rak’atli Shom namozini oxirgi qa’dada “at-tahiyyati”ni o‘qib adashib, yana o‘rnidan turib ketsa, muqtadiylar xatoligi haqida imomni ogohlantirsa ham imom o‘tirmasdan, 2 ra’kat ziyoda qilib qo‘ydi va jami 5 ra’kat bo‘ldi. Imom o‘sha 2 ra’katni “nafl bo‘ldi” deb aytdi. Ba’zilar “bu xato bo‘ldi qayta o‘qish zarur” deyishdi, ba’zilar esa “to‘g‘ri bo‘ldi” deyishdi. Lekin qayta o‘qilmadi. Bu holatda nima qilish kerak edi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imomga ergashish 3-rak’atning tashahhudi oxirigachadir. Agar imom turib ketib, qayta o‘tirmasa, jamoat salovat va duodan keyin o‘zlari salom beraveradilar. Namoz farzlarining eng oxirgisi tashahhud miqdoricha o‘tirishdir, tashahhud o‘qish esa vojibdir. Farz va vojibi ado bo‘lganidan keyin namoz to‘liq bo‘ladi. Lekin vojib bo‘lgan salomni kechiktirgani uchun imomga sajdai sahv qilish vojib bo‘ladi. Agar jamoat ham imom bilan turib ketgan bo‘lsa, jamoatga ham imom bilan birga sajdai sahv qilishi vojib bo‘ladi. Agar o‘sha holatda jamoat turmay o‘zlari salom berib namozini tugatishsa, namozi to‘liq bo‘lib, sahv sajdasi vojib bo‘lmaydi. Qo‘shimcha o‘qilingan ikki rak’at alohida niyat qilinmagani uchun shomning ikki rak’atli sunnati o‘rniga o‘tmaydi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 158 | Namoz