Qur’on yuborish

Assalamu alaykum! Savolim shuki, yaqinlari benamoz holida dunyodan o‘tgan bo‘lsa, unga Qur’on o‘qib, savobidan yuborgan odam gunohkor bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom Molik va Shofi’iyning nazdida namoz o‘qimaslik qattiq gunoh. Lekin kishi gunohi kabira qilgani uchun iymondan chiqib qolmaydi, uning ustidan kofir deb hukm ham chiqarilmaydi. Lekin musulmonlar uni joni va moliga etadigan zararni qaytarishlari ham vojib bo‘lmaydi – deydilar. Ahmad ibni Hanbal rohimahulloh ularning gaplarini ziddini aytadilar. Abu Hanifa rohimahullohning mazhablariga binoan namozni tark qilish ulkan gunoh bo‘lsada, kufr va murtadlik sanalmaydi. Lekin oqibati juda yomon bo‘ladi. Qozi bunday kishilarni tartibga chaqirib va ta’zir berish huquqiga ham ega. Shunga binoan benamoz o‘tgan kishini kofir deb bo‘lmaydi. Unga Qur’on o‘qib bag‘ishlashlik ham nochor holda qolgan kishiga o‘zi tasavvur qilmagan darajada yordam bergan bo‘ladi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:44 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar