Nifosning muddati
Assalomu alaykum Muhtaram shayx hazratlari. Alloh qilayotgan ishizga O‘zi baraka bersin. Meni bitta farzandim bor, ikkinchi farzanddan keyin nifosni qanchaligini qanday aniqlasa bo‘ladi. Sababi namozlar qazo bo‘lib ketishi va ro‘zalarim qolib ketishi mumkin. Shunga yordam bersangiz iltimos. Yoki qaysi kitobdan ma’lumot olsam bo‘ladi shu savolimga? Oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Unda nifosni o‘zingiz kuzatib borasiz. Mazkur nifos qoni to‘xtab kelmay qo‘ygandan keyin tugagan bo‘ladi.«Nifos» so‘zi lug‘atda «tug‘ish» va «qon» ma’nolarini anglatadi. Shariatda esa:Nifos bolaning ortidan keladigan qondir. Boladan oldin va u bilan birga chiqqan qon nifos hisoblanmaydi. Uning ozining chegarasi yo‘q. Ko‘pi qirq kun. Chunki, shar’iy manba’larda nifosning ozi to‘g‘risida ma’lumot kelmagan. Bas, bunday holda voqe’lik e’tiborga olinadi. Ba’zan, nifos ko‘rmaydigan ayollar ham uchraydi.
1 May 2022, 09:27 | Savol-javoblar | 197 | Ayollarga oid masalalar