Vafot etgan odamning buyumi xakida

Assalomu alaykum! Savolim kuyidagicha. Ukamga bir velosiped xadya kilmokchi edim. E’lonlardan uzimga makulini topib egasiga kungirok kilsam, velosiped vafot etgan ukamniki edi, dedi. Bir nechta savol kiynayapti, vafot etgan odamning velosipedini akasidan sotib olsam buladimi? Vafot etgan odamning mulkidan foydalansa buladimi? Onam kargish tekkan bulishi mumkin deyaptilar, bu fikrlariga nima deb javob bersam buladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Vafot topgan odamning mulki shar’iy yo‘l bilan vorisga o‘tgan bo‘lsa, uni sotib olishda monelik yo‘q. Mulkka qarg‘ish tegmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:35 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar