Hayotni izdan chiqishi

Assalomu alaykum! Erimning ota-onasi yo‘q, opalari uylashgan edi. Men hali kelinlik paytimda turmush o‘rtog‘im opalari bilan janjallashib turib, meni 3 taloq qo‘yib yuborgan. Keyin domlani aldab ichib olgan edi, uch taloq demagan deb nikoh o‘qitishgan. Men ham turmush o‘rtog‘imni yaxshi ko‘rganim sababli ajrashgim kelmagan va ota-onamga ham aytmaganman. Undan so‘ng 3 farzandlik bo‘ldik. Katta qizim 18 yoshga kiryapti. Ammo hali hanuz birimiz ikki bo‘lgani yo‘q. O‘g‘ri-kisovur akasi bilan bir eshikda o‘tiramiz. Turmush o‘rtog‘imni maqsadi yo‘q. Na dunyoviy va na diniy ilmi bor. Hatto 45 yoshga kirib namoz o‘qishni bilmaydi(o‘rganishni ham hohlamaydi). Ishi mavsumiy faqat yozda. Men kasalxonada ishlayman. Akalarim ham yordam qilib turishadi. Topganini qizg‘onadi, hatto bolalariga ham edirishi minnat bilan. Sal pul topsa baqirib faqat muhtojligimiz, bolani dorilariga so‘rasam ham bo‘la turib bermaydi. Qizimni bo‘yi etib qoldi biz esa haligacha shu ahvoldamiz. Sizlardan iltimos menga yo‘l ko‘rsating. Nima yo‘l tutay? Ajrashaymi yoki bunday buyog‘iga ham sabr qilib duo qilib yashayveraymi? Qiyinchiliklarim uch taloq tufaylimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz u bilan bir daqiqa ham birga yashashingiz halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 19:42 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar